Блог

Главная » 2010 » Апрель » 14 » Odamlar bor...
15:51
Odamlar bor...

Odamlar bor,  yiqliganni suyab  qo’yadi,

Odamlar bor, bir gap bilan bo’yab qo’yadi.

Odamlar bor, butun umri falsafa, g’oya,

Odamlar bor, butun umri safsata, soya.

 

Odamlar bor, yaxshilarga jonin baxsh etar,

Odamlar bor, yaxshilarning dilin g’ash etar.

Odamlar bor, oldda bayroq ko’tarib borar,

Odamlar bor, osh pishganda yo’talib borar.

 

Odamlar bor, peshvoz chiqar istiqbolingga,

Odamlar bor, go’ringda ham qo’ymas holingga.

Odamlar bor, bo’rini ham o’rgatar qo’lga,

Odamlar bor, o’z bolasin sololmas yo’lga.

 

Odamlar bor, ko’zsiz bo’lib pat gilam to’qir,

Odamlar bor, ko’zli bo’lib ko’zingni cho’qir.

Odamlar bor, na’ra tortmay mardlik qilarkan,

Odamlar bor, dardsizni ham dardli qilarkan.

 

Odamlar bor, jon oshnasi, davlating bir pul,

Odamlar bor, molsiz do’stdan voz kechar bir kun.

Odamlar bor, odamlar bor,turfa odamlar,

Axir bitta bog’da bitar turfa bodomlar…  


                                        "Antakiya" intellektual klubi a`zosi  

                                                          PERDEBAYEVA Nigora

Просмотров: 3461 | Добавил: Atamurat | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Қидириш
Тақвим
«  Апрель 2010  »
Ду Се Чш Па Жу Ша Як
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Ёзувлар архиви
Сўровнома
Сайтимизга баҳо беринг!
Всего ответов: 219
Статистика

Онлайнда: 1
Мехмонлар: 1
Фойдаланувчилар: 0